OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QOʻMITASINING
Birinchi guruhga polietilendan tayyorlangan bosimga chidamli quvurlarni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2016-yil 30-iyundagi 30-son
qarori (roʻyxat raqami 2819, 2016-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 371-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga polietilendan tayyorlangan bosimga chidamli quvurlarni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Birinchi guruhga polietilendan tayyorlangan bosimga chidamli quvurlarni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
2-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Elektr uskunalaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish
qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Elektr yoritish asboblari yopiq yoki himoyalangan (shisha qalpoqcha va metall toʻr bilan qoplangan) koʻrinishda boʻlishi lozim.”.