1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 28-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3281-6]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori (roʻyxat raqami 3281, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 28-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Maxsus valyuta hisobvaraqlariga kiritilgan mablagʻlar qatʼiy ravishda buyurtmalarda koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.
Bunda, maxsus valyuta hisobvaragʻiga kiritilgan mablagʻlardan foydalanish maqsadi mijoz tomonidan bankka taqdim etiladigan qoʻshimcha buyurtma asosida boshqa joriy xalqaro valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun oʻzgartirilishi mumkin.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13 iyul,
20/4-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026 y., 10/26/3281-6/0744-son)