Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. 35-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga” degan soʻzlar “Mashgʻulotlarning milliy klassifikatoriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 54
1-bandning
uchinchi xatboshisidagi “aholini kam taʼminlangan qatlamidan boshlangʻich sinflarda oʻquvchilari soni” degan soʻzlar “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning boshlangʻich sinflarda tahsil olayotgan oʻquvchilari soni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.