Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish va undan chiqarish hamda reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 7-avgustdagi 5-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2923, 2017-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 939-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish va undan chiqarish hamda reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish va undan chiqarish hamda reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“sport turi — sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrilishi bilan ajralib turuvchi, sport musobaqalarini oʻtkazishga va ularda ishtirok etishga doir talablar va shartlar belgilanadigan qoidalarga (nizomga, reglamentga) ega boʻlgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;”.
2.
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Sport turini yoki sport turining tarmogʻini eʼtirof etish uchun u sport turiga yoki sport turining tarmogʻiga mos belgiga, sport turi qoidalariga, mashgʻulot oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari va uslubiyatiga, sport infratuzilmasiga, foydalaniladigan sport anjomlari va jihozlariga ega boʻlishi hamda sport mashgʻulotlari va sport musobaqalarini oʻtkazish talablariga javob beradigan sport infratuzilmasi mavjud boʻlishi, shuningdek sportchilarning ishtirok etishiga, odamning jismoniy va aqliy rivojlanish qobiliyatini hamda harakat faolligini takomillashtirishga, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilishi kerak.”.