Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Havo
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish tartibini belgilaydi.”.
2.
12,
117,
133 va
136-bandlardan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3.
94-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga doir tekshiruv oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” degan soʻzlar almashtirilsin.