OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORT VAZIRINING
Taʼlim tashkilotlari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 14-avgustdagi 3-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2614, 2014-yil 10-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 478-modda) bilan tasdiqlangan Taʼlim tashkilotlari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish
normativlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Taʼlim tashkilotlari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-boʻlimning nomidagi “professional taʼlim” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-boʻlimning izoh qismidagi “aholi turar dahalarining” degan soʻzlar “turar joy dahalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
nomidagi “Aholi turar dahalarining” degan soʻzlar “Turar joy dahalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izoh qismidagi “aholi turar dahalarining” degan soʻzlar “turar joy dahalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.