Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 1-avgustdagi 2008-13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1855, 2008-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 386-modda) bilan tasdiqlangan Fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga oʻrnatilgan talablar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga, qimmatli qogʻozlar bozorida foydalanilayotgan texnologiyalarni unifikatsiyalash va standartlashtirishga boʻlgan talablarni oʻrnatadi.”.
“
telekommunikatsiyalar operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga ega boʻlgan, uning ishlashini, rivojlanishini taʼminlovchi va telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
telekommunikatsiyalar xizmatlari — foydalanuvchilarga operator va telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderi tomonidan telekommunikatsiyalar asosida taqdim etiladigan xizmatlar;
telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmogʻi orqali tijorat asosida telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;”;
“
elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgarishlar natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va ERI kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo;”.