Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 18-apreldagi 8/3-son qarori (roʻyxat raqami 3431, 2023-yil 5-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 10/23/3431/0265-son) bilan tasdiqlangan Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
1.
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“benefitsiar mulkdor — toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotiga pirovardida egalik qiluvchi yoki uni nazorat qiluvchi jismoniy shaxs (jismoniy shaxslar).”.
2. 6-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 11-bandning
birinchi xatboshisidagi “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdori yoxud muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-bobning
nomidagi “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;