Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son “Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 16-noyabrdagi 16 va 33-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2737, 2015-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 49-son, 614-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 15-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3313, 2021-yil 28-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) ilovaning
311-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-son “Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3552, 2024-yil 15-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son) ilovaning
62-bandi.