Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-V va 26-son qarori (roʻyxat raqami 2925, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 968-modda) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
ikkinchi xatboshidagi “lombard” degan soʻzdan keyin “, kafolatlar berish tashkiloti, faktoring tashkiloti” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“benefitsiar mulkdor — mijozga nisbatan pirovard nazoratni amalga oshiruvchi yoki unga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar), shuningdek nomidan operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xodimlarni ishga qabul qilishda nomzodlarning lavozimga munosibligini baholashga qaratilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha riskka asoslangan tekshiruv tartib-taomillari;”;
3.
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Nobank kredit tashkiloti tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki raqamli identifikatsiya asosida amalga oshiriladi. Bunda nobank kredit tashkiloti jismoniy shaxs — mijoz identifikatsiyasi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshirilganda ushbu hujjatning asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “
Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli bilan tanishib chiqishi;
raqamli identifikatsiya asosida amalga oshirilganda Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) belgilangan choralarni koʻrishi lozim.”.
4.
50-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda maxsus jurnal nobank kredit tashkilotining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron shaklda yuritiladi.”.
“61. Soʻrovnomalar maxsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar reyestri elektron shaklda yuritiladi.
62. Elektron shaklda toʻldirilgan soʻrovnomalar nobank kredit tashkilotining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.”.