OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI URBANIZATSIYA VA UY-JOY BOZORINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MILLIY QOʻMITASI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 14-oktabrdagi 101, 113 va 2008-43-son qarori (roʻyxat raqami 1868, 2008-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil., 46-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma aholi punktlarida oʻz faoliyatlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan aylanmadan olinadigan soliqning pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash maqsadida aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibini belgilaydi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.