Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-apreldagi 140-son “Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal
miqdorlarining 9-pozitsiyasidagi “Professional mediator” degan soʻzlar “Mediator” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.