1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 10-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 1-avgustda maʼqullangan
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida nizolarni sudgacha hal qilishning yuqori samarali, muqobil zamonaviy yoʻnalishlarini keng joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda.
Iqtisodiyotga xorijiy investorlarni jalb etishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilishni yoki sud muhokamasining har qanday bosqichida nizolashayotgan taraflar uchun oʻzaro kelishuvga va maqbul yechimni topishga erishishni taʼminlovchi mexanizmlarni ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur Qonunda mediatsiya tartib-taomillarini qoʻllash uchun ragʻbatlantiruvchi normalar, mediatorlarga oid talablarni va mediativ kelishuvlarni bajarish qoidalari nizolarni muqobil hal etish mexanizmlaridan biri sifatida belgilanmoqda.
Ushbu Qonun fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi nizolarni samarali va tezkor ravishda hal etishga, mediatsiya tartib-taomillarining hamma joyda qoʻllanilishini ragʻbatlantirish orqali sudlardagi yuklamani maqbullashtirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda; 2024-yil, № 10, 1076-modda, № 12, 1286-modda) 611-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarius “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda mediator vazifasini bajarishga haqli”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 970-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 5, 316-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda; 2025-yil, № 4, 515-modda) 76-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
uchinchi qism quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ota-ona boladan alohida yashaydigan otaning (onaning) ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Bu boradagi nizo ota-onaning (yoki ulardan birining) talabiga binoan sudga murojaat qilinguniga qadar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilinishi mumkin.
Agar ota-ona kelisha olmasa, nizo ota-onaning (yoki ulardan birining) talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudning hal qiluv qarori bajarilmagan taqdirda aybdor ota-onaga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi. Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan otaning (onaning) talabiga binoan bolaning manfaatlarini va fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin”;
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 827-modda, № 10, 1073-modda; 2025-yil, № 4, 522-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 7-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari”;
2) 27-modda birinchi qismining 2-bandi “hakamlik sudining qarorlarini” degan soʻzlardan keyin “yoki mediativ kelishuvni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 3, 373-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning ikkinchi qismi “hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni” degan soʻzlardan keyin “mediativ kelishuvni ijroga qaratish bilan bogʻliq ishlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar”;
3) 124-modda quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51) sudning ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa”;
4) 194-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51) sudning ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa”;
5) II boʻlim 4-kichik boʻlimining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-kichik boʻlim. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni, shuningdek mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”;
6) 38-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni yuritishning umumiy qoidalari”;
7) II boʻlimning 4-kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 401-bob bilan toʻldirilsin:
“401-bob. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
3581-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan koʻrib chiqiladi.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joy yoki turgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi sudga beriladi.
3582-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) mediativ kelishuv tuzgan taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) mediativ kelishuvning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
2) belgilangan tartibda hamda miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraflarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuv tuzgan tarafning vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 3581-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, sudya bunday arizani ushbu Kodeksning 195-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha qaytaradi.
3583-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Sud mediativ kelishuv tuzgan taraflarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 3584-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilganligini yoxud bajarilmaganligini aniqlaydi.
Sud arizani sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni tuzishga sabab boʻlgan nizoni mazmunan koʻrib chiqishga haqli emas.
3584-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar:
mediativ kelishuv qonunchilikka zid boʻlsa;
mediativ kelishuvning ijro etilishi talab qilinayotgan shartlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa;
mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilgan boʻlsa;
mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa, bundan oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno.
Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish rad etilgan boʻlsa, mediativ kelishuvni tuzgan taraflar bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishi mumkin.
3585-modda. Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha ajrimi
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ushbu Kodeksda hal qiluv qarorini qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ajrim chiqaradi.
Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak:
1) mediativ kelishuv tuzgan taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
2) mediativ kelishuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim.
Sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 3, 373-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 25-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 42-band bilan toʻldirilsin:
“42) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar”;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin;
“Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi yoki, agar u davlat roʻyxatidan oʻtgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi”;
3) 110-modda quyidagi mazmundagi 32-band bilan toʻldirilsin:
“32) sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa”;
4) 154-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 52-band bilan toʻldirilsin:
“52) sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa”;
5) quyidagi mazmundagi 292-bob bilan toʻldirilsin:
“292-bob. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
23210-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar mediativ kelishuv tuzgan taraflarning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan manfaatdor tarafning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
23211-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) mediativ kelishuv tuzgan taraflarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) mediativ kelishuvning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
2) belgilangan tartibda hamda miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi mediativ kelishuvning boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki uning yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuv tuzgan manfaatdor tarafning vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan taqdirda, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha rad etiladi.
Ushbu Kodeks 37-moddasining oltinchi qismida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan, shuningdek ariza olti oylik muddat tugagach berilgan va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
23212-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Iqtisodiy sud mediativ kelishuv tuzgan taraflarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 23213-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilganligini yoxud bajarilmaganligini aniqlaydi.
Iqtisodiy sud arizani sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni tuzishga sabab boʻlgan nizoni mazmunan koʻrib chiqishga haqli emas.
23213-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar:
mediativ kelishuv qonunchilikka zid boʻlsa;
mediativ kelishuvning ijrosi talab etilayotgan shartlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa;
mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilgan boʻlsa;
mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa, bundan oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilgan boʻlsa, mediativ kelishuvni tuzgan taraflar bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
23214-modda. Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Iqtisodiy sud mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak:
1) mediativ kelishuvni tuzgan taraflarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
2) mediativ kelishuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Iqtisodiy sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim.
Iqtisodiy sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
6) 334-moddaning ikkinchi qismi “ijro varaqasini berish” degan soʻzlardan keyin “mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-482-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 427-modda; 2019-yil № 7, 389-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunning amal qilishi fuqarolik huquqiy munosabatlardan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan, mijoz va bank (kredit tashkilotlari) oʻrtasidagi munosabatlardan, sugʻurta shartnomasidan yuzaga keladigan munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga, mehnat va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qoʻllash bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi”;
2) quyidagi mazmundagi 11-bob bilan toʻldirilsin:
“11-bob. Mediatsiya sohasini tartibga solish
91-modda. Mediatsiya sohasidagi vakolatli davlat organi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mediatsiya sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
oʻz vakolatlari doirasida mediatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
Mediatorlarning kasb etikasi qoidalarini tasdiqlaydi;
Mediatorning kasbiy malakasini oshirish tartibini hamda mediatorlarni tayyorlash dasturlarini tasdiqlaydi;
mediatorlar tomonidan statistika maʼlumotlarini taqdim etish tartibini belgilaydi va statistika maʼlumotlarini tahlil qiladi;
Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi mediatorlar malaka komissiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
92-modda. Mediatorlar malaka komissiyalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi mediatorlar malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish va mediatorlarning intizomiy javobgarligi bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish maqsadida tuziladi.
Malaka komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan yetti nafar aʼzodan iborat boʻlgan tarkibda tuziladi.
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Oliy malaka komissiyasi adliya vazirining buyrugʻi bilan toʻqqiz nafar aʼzodan iborat boʻlgan tarkibda tuziladi.
Malaka komissiyalari va Oliy malaka komissiyasi tarkibiga kelishuvga koʻra mediatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, adliya organlarining hamda boshqa tashkilotlarning huquq sohasida tajribaga ega boʻlgan xodimlari jalb etiladi.
93-modda. Mediatorlar reyestrini yuritish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Mediatorlar reyestri yuritiladi, mazkur reyestr ularning rasmiy veb-saytlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Shaxsning malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtishi (bundan notariuslar va advokatlar mustasno) uni Mediatorlar reyestriga kiritish uchun asos boʻladi.
Mediatorlar reyestrida quyidagilar boʻlishi kerak:
mediatorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
mediator bilan aloqa bogʻlash uchun uning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar;
mediatorning maʼlumoti (mutaxassisligi);
mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi;
mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir boʻlgan til;
mediatorning faoliyati toʻxtatib turilganligi, tiklanganligi yoki mediator reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
3) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy maʼlumotga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtgan, malaka imtihonini topshirgan va Mediatorlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasida mediatorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida advokat yoki notarius maqomiga ega boʻlgan shaxslarning malaka imtihonini topshirishi talab etilmaydi.
Quyidagilar mediator boʻlishi mumkin emas:
davlat xizmatida turgan shaxs, bundan pedagogik, ilmiy, ijodiy, notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxs mustasno;
muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaxs;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs.
Mediatorning faoliyati tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi”;
4) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan toʻldirilsin:
“121-modda. Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtgan, Mediatorlar reyestriga kirish istagini bildirgan shaxs malaka komissiyalarida malaka imtihonini topshirishi shart. Malaka imtihoni savollari mediatorlarni tayyorlash dasturi asosida oʻqitilgan mavzular doirasida boʻladi.
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida uch oy oʻtgach qoʻyiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qonunchilik hujjatlari talablariga va Mediatorning kasb etikasi qoidalariga rioya etishi;
oʻz bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi, bundan notarius va advokat maqomiga ega boʻlgan mediatorlar mustasno”;
6) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan toʻldirilsin:
“131-modda. Mediatorning javobgarligi
Mediator tomonidan mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilganligi unga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilishiga sabab boʻladi.
Intizomiy ish yuritish malaka komissiyalarining qarori bilan qoʻzgʻatiladi.
Intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
mediator tomonidan mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining, Mediatorning kasb etikasi qoidalarining buzilishi hollari;
sudning mediatorga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi.
Intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra mediatorga nisbatan malaka komissiyalari tomonidan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
ogohlantirish;
mediator faoliyatini olti oygacha muddatga toʻxtatib turish;
mediatorni Mediatorlar reyestridan chiqarish.
Mediatorga nisbatan intizomiy jazo chorasi nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran, davom etayotgan xatti-harakatlarda esa ular aniqlangan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.
Agar notarius yoki advokat maqomiga ega boʻlgan mediator ayni bir nojoʻya xatti-harakat uchun notariat yoki advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilgan boʻlsa, mediatorga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasi koʻrib chiqilmaydi.
Mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijasida yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda taraflar oldida javobgar boʻladi”;
“14-modda. Mediatorning faoliyatini toʻxtatib turish yoki tiklash
Mediatorning faoliyatini toʻxtatib turish mediator jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan eʼtiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud uni reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar, mediatorni reyestrga kiritgan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi.
Mediatorning faoliyati mediatorni reyestrga kiritgan adliya organi tomonidan mediatorning oʻz arizasiga koʻra olti oygacha muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari yoki Mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilganligi aniqlanganda mediatorning faoliyati malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qarori bilan olti oygacha muddatga toʻxtatib turiladi.
Mediatorning faoliyatini toʻxtatib turish muddati tugagach yoki ushbu moddaning birinchi qismiga asosan mediatorning faoliyatini toʻxtatib turish asoslari bartaraf etilganidan keyin mediatorning faoliyati mediatorni reyestrga kiritgan adliya organining qarori bilan tiklanadi”;
8) 2-bob quyidagi mazmundagi 141-modda bilan toʻldirilsin:
“141-modda. Mediatorlar reyestridan chiqarish
Mediator Mediatorlar reyestridan uni reyestrga kiritgan adliya organi tomonidan quyidagi hollarda chiqariladi:
oʻz arizasiga koʻra;
vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
muomala layoqati cheklanganda yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sudning shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
sudning mediatorni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
davlat xizmatiga kirganda, bundan pedagogik, ilmiy, ijodiy va notarial faoliyat mustasno;
mediator tomonidan mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilganligi tufayli malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qaroriga asosan”;
“Mediatsiya nizoni koʻrib chiqishga vakolatli organda, hakamlik sudida va arbitrajda nizoni koʻrish jarayonida ham ularning qarorlari qabul qilinguniga qadar qoʻllanilishi mumkin”;
“Qonunda nazarda tutilgan hollarda, taraflar tomonidan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv nizoni koʻrib chiqishga vakolatli organga taqdim etilganda mazkur organ ishning muhokamasini qoldirib, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun muddat tayinlaydi”;
“Sud muhokamasi jarayonida, nizoni vakolatli organda koʻrish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chogʻida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv tegishli ish qaysi sud yoki vakolatli organning ish yurituvida turgan boʻlsa, darhol oʻsha sudga yoki vakolatli organga yuboriladi”;
mediativ kelishuv taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar mediativ kelishuv vakil tomonidan tuzilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
mediativ kelishuv taraflarining kelishuvni bajarish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari;
mediativ kelishuv taraflari tomonidan kelishilgan majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari.
Mediativ kelishuv kelishuvning taraflari tomonidan imzolangan va mediator tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi mediativ kelishuvni tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi:
1) agar uning shartlari qonunchilikka zid boʻlsa;
2) agar uning shartlari mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qilsa yoki daxl qilishi mumkin boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida ijro etiladigan mediativ kelishuvlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi kerak”;
13) 3-bob quyidagi mazmundagi 291-modda bilan toʻldirilsin:
“291-modda. Mediativ kelishuvni ijro etish
Mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega boʻlib, ushbu kelishuv unda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etiladi.
Mediativ kelishuv ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, taraflar mediativ kelishuvni majburiy ijroga qaratishni soʻrab sudga murojaat etishga haqli”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 519, 520, 521, 522-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar) 149-moddasi uchinchi qismining uchinchi xatboshisi “soliq maslahatchisi” degan soʻzlardan keyin “va mediator” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
1-bandi “hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan” degan soʻzlardan keyin “mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2-bandi “hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar boʻyicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan” degan soʻzlardan keyin “mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar boʻyicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
1-bandi quyidagi mazmundagi “k1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“
k1) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan
— BHMning 2 baravari
”;
2-bandi quyidagi mazmundagi “j1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“
j1) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan
— BHMning 2 baravari
”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-oktabr,
OʻRQ-1089-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)