Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PQ-343-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va
qoidalariga (hisob raqami 261, 2024-yil 24-iyun)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2. Quyidagi mazmundagi 491-band bilan toʻldirilsin:
“491. Hududlarda shamol yoʻnalishining erkin harakatlanishini taʼminlash maqsadida shaharlarning bosh rejalarida ventilyatsiya yoʻlaklari (koridorlari) nazarda tutilishi kerak.
Bunda bino va inshootlarning (balandligi, zichligi, uzluksiz front hosil qilishi hamda boshqa parametrlari) ventilyatsiya yoʻlaklarida (koridor) joylashuvi shamol yoʻnalishining erkin harakatini cheklamasligi lozim.”.
3.
495-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“495. Aholi punktlarini loyihalash va qurishda atmosfera havosi sifatini saqlash (PM2.5, PM10) hamda mikroiqlimni yaxshilash maqsadida aholi punktlari atrofida shamol yoʻnalishini va tezligini hisobga olgan holda shamoldan himoya qiluvchi ihotazorlar barpo etilishi lozim.”.
4.
599-banddagi “SHNQ 2.06.03-12” degan soʻzlar “SHNQ 2.06.03-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.