Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2012-yil 27-dekabrdagi 68/QQ, 20, 21/QQ, 05/QQ-son “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2413, 2013-yil 17-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 39-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
1)
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizom”;
2)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) oʻquvchilariga (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) akademik taʼtil berish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom xorijiy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallariga (markaz, boʻlim, oʻquv-maslahat punkti va shu kabilar) tatbiq etilmaydi.”;
3)
3 va
8-bandlardagi “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4)
5-banddagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5)
6-banddagi “Taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Komissiya xulosasi akademik litseylarda — tegishli oliy taʼlim tashkilotiga, texnikumlarda esa — hududiy kasbiy taʼlim boshqarmasiga yuboriladi. Rasmiy javob xati olingandan soʻng, taʼlim tashkiloti direktori tomonidan oʻquvchiga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi buyruq rasmiylashtiriladi. Mazkur buyruqda akademik taʼtilning boshlanish va tugash sanalari, shuningdek uning huquqiy asosi koʻrsatilishi shart.”;
7)
9-banddagi “taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8)
10-banddagi “taʼlim muassasasi” va “taʼlim muassasasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkiloti” va “taʼlim tashkilotiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9)
11-banddagi “taʼlim muassasasiga” va “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkilotiga” va “taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova belgisidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.