Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 25-noyabrdagi 25-son
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2307, 2011-yil 28-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Issiqlik elektr stansiyalarida ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish va qabul qilish qoidalariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadan “Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
ikkinchi xatboshidagi “yoʻq qilinishi” degan soʻzlar “bartaraf etilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “montajdan oldingi” degan soʻzlar “montaj qilishdan oldingi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
oʻninchi xatboshidagi “nazorat ostidagi yoki kafolatlangan ekspluatatsiya” degan soʻzlar “nazorat ostida yoki kafolatlangan ekspluatatsiya qilinishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 18-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “montajdan oldingi” va “montajdan” degan soʻzlar tegishli ravishda “montaj qilishdan oldingi” va “montaj qilingandan soʻng” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
24 va
49-bandlardagi “Qurilishi tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish” SHNQ 3.01.04-04” degan soʻzlar “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” SHNQ 3.01.04-19” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 25-bandning
birinchi xatboshisi va
52-banddagi “Qurilishi tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish” SHNQ 3.01.04-04ga” degan soʻzlar “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” SHNQ 3.01.04-19ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 28-bandning
birinchi xatboshisidagi “montajdan oldin” degan soʻzlar “montaj qilinishidan oldin” degan soʻz bilan almashtirilsin.
29-banddagi “Montajdan” degan soʻz “Montaj qilingandan soʻng” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.