Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-son “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 8-iyundagi 23 va 11/QQ-son qarori (roʻyxat raqami 2117, 2010-yil 25-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan 5 — 11-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik prinsiplariga hamda baholashning formativ va summativ usullariga rioya etilishini taʼminlash;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.