Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024-yil 5-dekabrdagi 13-mb-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3582, 2024-yil 10-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2024-y., 10/24/3582/1021-son) bilan tasdiqlangan Bir yillik statistika dasturini hisoblash
metodikasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 13-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
21-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statistika kengashi toʻgʻrisidagi nizomda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika statistika kengashi toʻgʻrisidagi nizomda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.