Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 14-oktabrdagi 101, 113, 2008-43-son qarori (roʻyxat raqami 1868, 2008-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 46-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
4-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining” degan soʻzlar “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3686, 2025-yil 9-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 10/25/3686/0927-son) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
qoidalarida:
1)
74-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2)
83-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“83. Vazirlik yoki idora rahbariga ikki yoki undan ortiq lavozimdagi vazifalarni bajarish yuklatilgan boʻlsa, u holda hujjatning rekvizitlarida unga ushbu vazirlik yoki idora nomidan imzolash huquqini beruvchi lavozimi koʻrsatiladi.
Vazirlik yoki idora rahbari vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, taʼtildaligi yoki boshqa sababga koʻra boʻlmaganida uning vazifasini bajarishni yuklash tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangan tashkiliy-boshqaruv hujjatida nazarda tutilgan boʻlishi lozim.”.