toggle_night_mode
Hujjat 16.03.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ning 26-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3593-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-noyabrdagi 191-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593, 2024-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3593/1084-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ning 26-bandi “j” kichik bandidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-mart,
336-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026 y., 10/26/3593-2/0238-son)