toggle_night_mode
Hujjat 14.03.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarini hisobga olish va hisobot balanslarini tuzish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2699-3]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2015-yil 3-iyuldagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 2699, 2015-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 388-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarini hisobga olish va hisobot balanslarini tuzish boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ISLAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-mart,
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2026-yil 3-martdagi 2-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarini hisobga olish va hisobot balanslarini tuzish boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 16-bandning birinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2 va 4 — 12-ilovalarning matnidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026 y., 10/26/2699-3/0235-son)