Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 5-avgustdagi 79-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1996, 2009-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 388-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (24-sonli BHMS) “Qarzlar boʻyicha xarajatlar hisobi”ning
23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Kvalifikatsiyalangan aktiv uchun qilingan xarajatlar faqatgina pul toʻlovlarida, boshqa aktivlarni oʻtkazib berishda yoki foizli majburiyatlarni qabul qilishda ifodalangan xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Xarajatlar mazkur aktiv bilan bogʻliq oraliq toʻlovlar va Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining
milliy standarti (10-sonli BHMS) “Davlat yordamining hisobi va u toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritib berish”da (roʻyxat raqami 3534, 2024-yil 24-iyul) koʻzda tutilgan tartibda olingan subsidiyalar miqdoriga kamaytiriladi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.