toggle_night_mode
Hujjat 12.03.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3258-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 8-iyundagi 122-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3258, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3258/1057-son) bilan tasdiqlangan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxati ilovaga muvofiq mazmundagi 176 — 180-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-mart,
5-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 2-martdagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA

176.

Deflazakort

Dyushenn yoki Bekkerning progressirlovchi mushak distrofiyasi

1. Dyushenning progressirlovchi mushak distrofiyasi (asosiy nom)

2. Psevdogipertrofik mushak distrofiyasi

3. Distrofinopatiya

4. X-bogʻliq mushak distrofiyasi

5. Ogʻir irsiy mushak distrofiyasi

6. Yengil irsiy mushak distrofiyasi

G71.0

177.

Glitserolfenilbutirat

Glitserolfenilbutirat

1. Argininemiya (asosiy nom)

2. Argininosuksinaatsiduriya

3. Sitrullinemiya

4. Giperammonemiya

5. Ornitinemiya (tip I, II)

6. Giperammoniyemiya-giperornitinemiya-gomotsitrullinemiya

7. Defitsit ornitin-transkarbamilazi

E72.2 va E72.4

178.

Mikofenolat kislota

Inson aʼzolari koʻchirib oʻtkazilgandan keyingi holat

Buyrak va jigar transplantatsiya jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan bemorlar

Z94, Z94.0 va Z94.4

179.

VIII qonning ivish faktori

Gemofiliya A

Gemofiliya A

D66

180.

IX qonning ivish faktori

Gemofiliya B

Gemofiliya B

D67

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026 y., 10/26/3258-5/0223-son)