toggle_night_mode
Hujjat 05.03.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1830-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2008-yil 26-maydagi 155-son “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1830, 2008-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 255-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-fevral,
289-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2026-yil 21-fevraldagi 289-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2026 y., 10/26/1830-4/0200-son)