Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizliк xizmatining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 522-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2018-yil 6-noyabrdagi 72, 01-02/12-65, 139, 11-son qarori (roʻyxat raqami 3091, 2018-yil 29-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2018-y., 10/18/3091/2241-son) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-banddagi “old, yon va orqa oynalaridan biri yoki bir nechtasining (tomidagi lyuk oynasi bundan mustasno)” degan soʻzlar “old yon oynalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
6-band “majburiy yigʻimlarni” degan soʻzlardan keyin “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi yagona hisobvaragʻi asosida shakllantiriladigan QR-kod (matrik shtrixli kodli) yordamida elektron toʻlov tizimlari yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 8-bandning
ikkinchi xatboshisi “kvitansiya nusxasini” degan soʻzlardan keyin “yoki yagona hisobvaragʻini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4.
11-band “kvitansiya” degan soʻzdan keyin “yoki yagona hisobvaragʻi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.