1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3080-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/14-son qarori (roʻyxat raqami 3080, 2018-yil 25-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 10/18/3080/2114-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Raisning birinchi oʻrinbosari N. SAYDULLAYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-yanvar,
37/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-yanvardagi 37/4-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va soʻndirish tartibini belgilaydi.”.
“valyuta birjasi — chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari, shu jumladan, mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs;
savdo tizimi — obligatsiyalar boʻyicha elektron savdolar tashkillashtirilishini taʼminlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan elektron tizimi;”;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Milliy kliring markazi — obligatsiyalar boʻyicha kliring, markazlashgan kliringni amalga oshiruvchi va markaziy kontragent sifatida faoliyat yurituvchi tashkilot;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) — depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi tashkilot;”;
“Bosh bitim — Markaziy bank bilan banklar, shuningdek banklar bilan valyuta birjasi, Markaziy depozitariy va Milliy kliring markazi oʻrtasida tuziladigan, obligatsiyalar boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi oʻzaro harakat;
diler — Bosh bitim asosida obligatsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar;”;
“REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda obligatsiyalarni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) boʻyicha ikki tomonlama bitim.”.
3. 3-band “garov taʼminoti va” degan soʻzlardan keyin “dilerlar oʻrtasida tuziladigan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Global sertifikat ikkita asl nusxada rasmiylashtiriladi, bir nusxasi Markaziy bankda, ikkinchi nusxasi Markaziy depozitariyda saqlanadi.
Global sertifikat rasmiylashtirilgandan soʻng Markaziy bank Markaziy depozitariyga obligatsiyalarni joylashtirish uchun moʻljallangan emissiyaviy depo hisobvaragʻiga muomalaga chiqarilayotgan obligatsiyalarning toʻliq hajmini joylashtirish boʻyicha topshiriq beradi.”.
“8. Obligatsiyalar boʻyicha barcha operatsiyalar valyuta birjasi tomonidan ishlab chiqilgan birja savdolarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq savdo tizimi orqali amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan operatsiya mustasno.”.
8. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Markaziy bank obligatsiyalarni ikkilamchi savdolarda oldi-sotdi qilish uchun oʻzining emissiyaviy depo hisobvaragʻidan depo hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali joylashtiradi.”.
“13. Obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha auksion savdolari shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auksion savdosi oʻtkaziladigan kundan kamida 1 ish kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, bundan banklardagi kutilmagan likvidlik tebranishlarini barqarorlashtirish maqsadida oʻtkaziladigan auksion savdolari mustasno.”.
10. 18-banddagi “tijorat banklari” va “tijorat bankidan” degan soʻzlar tegishli ravishda “banklar” va “bankdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“28. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida auksion savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan va mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan qoidaga muvofiq joylashtirilgan obligatsiyalar boʻyicha dilerlar oʻrtasida oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshiriladi.”.
13. 30-band “qoidalariga muvofiq” degan soʻzlardan keyin “markaziy kontragent ishtirokida yoki markaziy kontragent ishtirokisiz” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“36. Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni roʻyxatga oladi, unga roʻyxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga birja bitimlari reyestridan koʻchirma taqdim etadi. Shuningdek, savdo tizimi birja bitimlari reyestrini Milliy kliring markaziga savdo ishtirokchilarining talab va majburiyatlarini aniqlashtirish maqsadida taqdim qiladi.”.
15. 39-banddagi “valyuta birjasida” degan soʻzlar “Markaziy depozitariyda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“40. Obligatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar birja bitimlari reyestri asosida shakllantirilgan kliring topshiriqnomasiga muvofiq quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
markaziy kontragent ishtirokida tuzilgan bitimlar boʻyicha Milliy kliring markazi tomonidan;
markaziy kontragent ishtirokisiz tuzilgan bitimlar boʻyicha Markaziy depozitariy yoki Markaziy bank tomonidan.
41. Obligatsiyalarning sotib oluvchining depo hisobvaragʻiga oʻtkazilishi va pul mablagʻlarining sotuvchining hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishi “yetkazib berishga nisbatan toʻlov” (delivery versus payment — DVP) tamoyillari asosida amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan operatsiya mustasno.
Mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan qoidaga muvofiq obligatsiyalarni Markaziy bankning emissiyaviy depo hisobvaragʻidan oʻzining depo hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali joylashtirish pul mablagʻlarini oʻtkazmagan holda (free of payment — FOP) amalga oshiriladi.
42. Obligatsiyalarni sotib oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi amalga oshirilgandan soʻng egalik huquqi beriladi va depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.”.
17. 46-banddagi “Valyuta birjasi” va “depo” hisobvaragʻidagi” degan soʻzlar “Markaziy depozitariy” va “depo hisobvaragʻidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 47-banddagi “valyuta birjasining Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazidagi alohida” degan soʻzlar “Markaziy depozitariyning Markaziy bankda ochilgan vakillik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 48 va 49-bandlardagi “Valyuta birjasi” degan soʻzlar “Markaziy depozitariy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 50-band “keyingi ish kunida” degan soʻzlardan keyin “yoki muddatidan oldin” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“51. Markaziy bank obligatsiyalarni soʻndirish uchun ularning toʻliq hajmini nominal qiymatda sotib olish boʻyicha savdo tizimiga buyurtma kiritadi yoki Markaziy depozitariyga soʻndirilishi lozim boʻlgan obligatsiyalarni hisobga olish uchun topshiriq beradi.
52. Markaziy bankning soʻndirilgan obligatsiyalari Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy bankning emissiyaviy depo hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026 y., 10/26/3080-2/2075-son)