OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 14-oktabrdagi 8-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3191, 2019-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/3191/3985-son) bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
15-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
24-banddagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” degan soʻzlar “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.