OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-sentabrdagi 570-son “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 28-apreldagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3430, 2023-yil 4-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2023-y., 10/23/3430/0253-son) bilan tasdiqlangan Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi
toʻqqizinchi xatboshisi “shakldagi retsept” degan soʻzlardan keyin “(elektron retsept)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur buyruq 2025-yil 12-dekabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.