1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.05.00 Jamgʻarib boriladigan pensiya hisob raqami (shuningdek, 06.06.12.00ga qarang);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.12.00 Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti (shuningdek, 06.03.05.00ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3577-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 17-oktabrdagi 184-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 10-oktabrdagi 2024-21-son va Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 364-V-son qarori (roʻyxat raqami 3577, 2024-yil 20-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 10/24/3577/0956-son) bilan tasdiqlangan Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-noyabr,
507-son
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 29-oktabr,
364-B-1-son
Soliq qoʻmitasi raisi SH. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-oktabr,
2025-23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 4-noyabrdagi 507-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 22-oktabrdagi 2025-23-son, Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 29-oktabrdagi 364-B-1-son qaroriga ILOVA
Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 11-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 12-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2025 y., 10/25/3577-1/1058)