1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
“Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2868-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 8-fevraldagi 01-02/8-4-son “Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2868, 2017-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 176-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-noyabr,
298-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 8-oktabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 7-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 298-son buyrugʻiga ILOVA
“Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”;
“1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”;
“Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BQD deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.”;
d) 14-bandning 24-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24) 14-grafa.
Sotib oluvchi tomonidan bitim narxiga kiritilmagan miqdorda bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita koʻrsatiladigan quyidagi xizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati koʻrsatiladi:
olib kiriladigan tovarlar qaysi xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) boʻlsa, oʻsha xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar;
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar;
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar;
bojxona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar.”;
e) 1-ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA”;
f) 2-ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA”;
g) 3-ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2025 y., 10/25/2868-4/1046-son)