1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SHAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARI APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish va markaziy boshqaruv organlari vakolatlarining bir qismini asta-sekin mahalliy boshqaruv organlariga berish, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
1. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatining boshqaruv tarmoq tizimidan funksional tizimiga oʻtishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
2. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatining namunaviy tuzilmasi 1-4-ilovalarga* muvofiq mehnatga haq toʻlash boʻyicha guruhlar roʻyxati va masʼul xodimlarning cheklangan soni 5—8-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
3. Birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining toʻqqizinchi sessiyasida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga hamda viloyatlarga boʻysunuvchi bir qator shaharlar va tegishli qishloq tumanlari hokimliklari apparatlarini birlashtirish boʻyicha takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hamda qishloq tumanlari hokimliklari apparatlari tuzilmalarining birlashtirilishi munosabati bilan vazirliklar va idoralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu hududlardagi oʻz tasarruflarida boʻlgan boshqaruv organlari tuzilmasini va xodimlarining cheklangan sonini qayta koʻrib chiqsinlar.
4. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarida islohotlarni chuqurlashtirish va xalq farovonligini oshirishni taʼminlash yuzasidan hukumat va hududlar dasturlarini amalga oshirish;
mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari va ularning hokimliklarining qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlash;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
tadbirkorlik va xususiy tashabbusni qoʻllab-quvvatlash va sogʻlom raqobat muhitini yaratish.
5. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati, ularning mustaqil boshqarmalari (boʻlimlari) rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha tarif razryadlari 9 — 12-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 5-ilovaning viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlariga oid qismi hamda 6, 7, 11, 12, 13, 14-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.