1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.;
3.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 8-noyabrdagi PF–3678-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-mart,
41-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash toʻgʻrisida” 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qarorining 2, 4 va 6-bandlaridagi “Teleradiokompaniyaning” va “Oʻzbekiston teleradiokompaniyasiga” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining” va “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
a) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomda:
5-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish), teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga litsenziyalar berish uchun hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish tartibining 5 va 6-bandlaridagi “Oʻzteleradio” kompaniyasiga” va “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga” va “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 2-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 32-modda):
a) 1—3-bandlardagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi”, “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston MTRK”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 10-banddagi “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 36-modda) 7-bandidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son qarorining 3, 5 va 6-bandlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekkino” milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-martdagi 126-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 29-modda) 5-bandining beshinchi xatboshidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) 27-ilovadagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 45-ilovadagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga 8-ilovadagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimi uchun jalb etilgan xorijiy kreditlarning toʻlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 611-son qarorining 1-bandidagi “Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasining tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 20-modda):
a) 2-ilova quyidagi mazmundagi 23-band bilan toʻldirilsin:
b) 3-ilovadagi Mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar birinchi blokiga “Akademik, xalq va badiiy jamoalar direksiyasi” xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasining koʻrsatuv va eshittirishlari hajmini koʻpaytirish, uning moddiy-texnika negizini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 28-martdagi 167-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” toʻgʻrisida 1996-yil 24-maydagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 6-son, 18-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda; 2015-y., 49-son, 613-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1030/0499-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)