toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1997-YIL 31 MARTDAGI 165-SON QARORI VA “TABIIY MONOPOLIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 21 SENTYABRDAGI 364-SON QARORLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Monopoliyaga qarshi davlat siyosatini amalga oshirishni yanada takomillashtirish hamda raqobat muhiti yaratilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-aprel,
63-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 12-apreldagi 63-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibining 20-bandi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan yoqilgʻi-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejash natijasida qoʻshimcha daromad (foyda) olish mazkur Tartibning buzilishi hisoblanmaydi hamda ushbu daromad (foyda) olib qoʻyilmaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan yoqilgʻi-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejash natijasida qoʻshimcha daromad (foyda) olish mazkur Nizomning buzilishi hisoblanmaydi hamda ushbu daromad (foyda) olib qoʻyilmaydi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 15-son, 126-modda)