toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2006 YIL 28—30-MART KUNLARI BO‘LIB O‘TGAN O‘ZBEKISTON—KOREYA SAMMITI DAVOMIDA IMZOLANGAN BITIMLAR VA ERIShILGAN AHDLAShUVLARNI AMALGA OShIRISh BO‘YIChA BIRINChI NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi (2006-yil 28—30-mart) davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo bitimlar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida erishilgan ahdlashuvlar keng miqyosda va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. Davlat tashrifi davomida imzolangan Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi tadbirlar Dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Koreyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari hisobiga va bank-moliya hamkorligi doirasida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Mazkur qarorning ilovalarida ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralar, mas’ul ijrochilar Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda ijro etilishini ta’minlasinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Koreya Respublikasining tegishli hukumat muassasalari bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani to‘laqonli amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikning uzoq muddatli rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruhlarni tashkil etsin, shuningdek Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar va bitimlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri R.S. Azimov va Tashqi ishlar vaziri E.M. G‘aniyev zimmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-aprel,
PQ–321-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 15-son, 124-modda; 8-son, 471-modda; 40-son, 395-modda)