toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining
BUYRUGʻI
SPORT-JISMONIY TARBIYA KLUBLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Buyruq nomiga Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 11-noyabrdagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1559-1, 11.12.2015-y.) bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tilidagi matnga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 5-aprelda 1559-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3506, 20.03.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining nizomiga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 13-yanvardagi 07/817-son majlis bayonini ijro qilish maqsadida, qaror qilaman:
1. “Sport-jismoniy tarbiya klublari toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
 LexUZ sharhi
1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 11-noyabrdagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1559-1, 11.12.2015-y.) bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tilidagi matnga qarang.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. AZIZXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-fevral,
85-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 121-modda)