1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
AVTOMATLASHTIRILGAN BANK TIZIMIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 16-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 24-fevralda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
Ushbu Qonunning maqsadi avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi bank faoliyati sohasida axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish uchun moʻljallangan axborot tizimidir.
4-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilishning maqsadlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
banklarning axborot xavfsizligini taʼminlash va bank sirini muhofaza qilish;
axborotning tarqalib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzib talqin etilishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishi va undan oʻzgacha tarzda ruxsatsiz foydalanilishi, shuningdek nusxa olinishining hamda avtomatlashtirilgan bank tizimiga boshqacha shakldagi aralashuvlarning oldini olish.
5-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish:
axborotni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularga rioya etish, shuningdek avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlov beriladigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
sertifikatlangan texnika vositalari va axborotni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot toʻplashga doir faoliyatni va unga ishlov berish usullaridan foydalanishni muvofiqlashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
6-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan foydalanish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot mulkdorining ruxsati bilan axborotdan foydalanadi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan axborot mulkdorining ruxsatisiz foydalanishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
7-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori yuridik shaxs boʻlishi kerak.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori axborot mulkdori va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni muvofiqlashtiradi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori axborot mulkdorini va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchini avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotga ishlov berish usullarining oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida xabardor qilishi, axborot mulkdori va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi esa taklif etilgan ishlov berish usullarining qoʻllanilishiga rozi ekanligini va eʼtirozlari yoʻqligini tasdiqlashi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq axborotning muhofaza qilinishini taʼminlashi hamda axborot mulkdorini uning axboroti muhofazasi buzilishining barcha hollari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori davlat sirlarini oʻz ichiga olgan yoki maxfiy hisoblangan axborotning muhofaza qilinishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taʼminlashi shart.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.02.00 Axborotlashtirish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish]
8-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimidagi texnika vositalarini sertifikatlashtirish
Avtomatlashtirilgan bank tizimidagi texnika vositalarini, shuningdek bu tizimning davlat sirlarini oʻz ichiga olgan yoki maxfiy hisoblangan axborotga ishlov beruvchi muhofaza vositalarini (shu jumladan kriptografiya vositalarini) sertifikatlashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
9-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va banklarda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati tashkil etilishi kerak.
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati:
axborotning saqlanishini taʼminlash ustidan nazoratni tashkil etadi;
axborotni muhofaza qilish masalalarida uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish tizimini loyihalash, sinovdan oʻtkazish va qabul qilib olishda ishtirok etadi;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan ruxsatsiz foydalanishga urinishlar boʻlganligi, unga boshqacha shaklda aralashilganligi aniqlanganda hamda tizimning ishlash qoidalari buzilganda mazkur tizimdagi axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarining holati va samaradorligini tahlil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
11-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 7-apreldagi 66 (3865) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-aprel,
OʻRQ–30-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 112-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son)