1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
AVTOMATLASHTIRILGAN BANK TIZIMIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 16-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 24-fevralda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
Ushbu Qonunning maqsadi avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Avtomatlashtirilgan bank tizimi bank faoliyati sohasida axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish uchun moʻljallangan axborot tizimidir.
4-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilishning maqsadlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
banklarning axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini taʼminlash va bank sirini muhofaza qilish;
(4-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
axborotning tarqalib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzib talqin etilishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishi va undan oʻzgacha tarzda ruxsatsiz foydalanilishi, shuningdek nusxa olinishining hamda avtomatlashtirilgan bank tizimiga boshqacha shakldagi aralashuvlarning oldini olish.
5-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish:
axborotni muhofaza qilish, axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini taʼminlash qoidalarini ishlab chiqish hamda ularga rioya etish, shuningdek avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlov beriladigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
(5-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
sertifikatlangan texnika vositalari va axborotni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-avgustdagi 19/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3669, 18.08.2025-y.).
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot toʻplashga doir faoliyatni va unga ishlov berish usullaridan foydalanishni muvofiqlashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
6-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan foydalanish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot mulkdorining ruxsati bilan axborotdan foydalanadi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan axborot mulkdorining ruxsatisiz foydalanishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
7-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori yuridik shaxs boʻlishi kerak.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori axborot mulkdori va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni muvofiqlashtiradi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori axborot mulkdorini va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchini avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotga ishlov berish usullarining oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida xabardor qilishi, axborot mulkdori va avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi esa taklif etilgan ishlov berish usullarining qoʻllanilishiga rozi ekanligini va eʼtirozlari yoʻqligini tasdiqlashi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq axborotning muhofaza qilinishini taʼminlashi hamda axborot mulkdorini uning axboroti muhofazasi buzilishining barcha hollari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-avgustdagi 19/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3669, 18.08.2025-y.).
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori davlat sirlarini oʻz ichiga olgan yoki konfidensial hisoblangan axborotning muhofaza qilinishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taʼminlashi shart.
(7-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi PQ-614-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.02.00 Axborotlashtirish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish]
8-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimidagi texnika vositalarini sertifikatlashtirish
Avtomatlashtirilgan bank tizimidagi texnika vositalarini, shuningdek bu tizimning davlat sirlarini oʻz ichiga olgan yoki konfidensial hisoblangan axborotga ishlov beruvchi muhofaza vositalarini (shu jumladan kriptografiya vositalarini) sertifikatlashtirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
9-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va banklarda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati tashkil etilishi kerak.
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati:
axborotning saqlanishini taʼminlash ustidan nazoratni tashkil etadi;
axborotni muhofaza qilish masalalarida uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish tizimini loyihalash, sinovdan oʻtkazish va qabul qilib olishda ishtirok etadi;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan ruxsatsiz foydalanishga urinishlar boʻlganligi, unga boshqacha shaklda aralashilganligi aniqlanganda hamda tizimning ishlash qoidalari buzilganda mazkur tizimdagi axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarining holati va samaradorligini tahlil etadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining, Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-son “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
11-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 7-apreldagi 66 (3865) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-aprel,
OʻRQ–30-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 112-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son)