1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShINI DAVLAT TOMONIDAN YaNADA QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish hamda fermer va shirkat xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. “Oʻzagromashservis” uyushmasi korxonalari va muqobil mashina-traktor parklari istisno tariqasida:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
2006-2007-yillar mobaynida Hukumat qarori bilan olib kelinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasi, butlovchi va ehtiyot qismlar, qishloq xoʻjalik shinalari va taʼmirlash materiallarini import qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), shuningdek, ularni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va mashina-traktor parklari, jumladan muqobil mashina-traktor parklariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
qishloq xoʻjaligi korxonalari talabnomalariga koʻra bajariladigan ish va xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan 2007-yilning 1-yanvarigacha ozod etilsin.
2. “Oʻzagromashservis” uyushmasi va muqobil mashina-traktor parklari fermer xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi texnikasi va moddiy-texnika resurslarini sotishda ular qiymatining 5 foizidan oshmaydigan (soliqlar va budjetga toʻlanadigan majburiy toʻlovlardan tashqari ) ustama narxni nazarda tutsin.