1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARILADIGAN TOVARLAR BOʻYIChA YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN AKSIZ SOLIGʻINI HISOBLASh ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 17-martda 1325-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-255-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 8-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 15-yanvardagi 16, 2004-13-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz soligʻini hisoblash chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2004-yil 15-mart, roʻyxat raqami 1325 —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 133-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.