toggle_night_mode
Hujjat 04.06.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirish, uning oʻquv-metodik va axborot taʼminotini mustahkamlash, respublika taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplom va ularning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunalari 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi normativ hujjatlar va oʻquv-metodik hujjatlarni tasdiqlangan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiqlashtirsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda taʼlimning ushbu turiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim muassasalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasini va namunaviy shtatlarini, shuningdek, mablagʻlarni rejalashtirish va sarflash tartibini qayta koʻrib chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim muassasalari oʻquv-metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat talablariga muvofiqligining tezkor diagnostikasini amalga oshirsinlar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 2006—2009-yillarda taʼlimning maktabgacha, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar turlari uchun pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning maqsadli dasturini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-fevral,
25-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-fevraldagi 25-son qaroriga
2-ILOVA
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi
Diplom
(tavsifi)
Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Diplom:
— bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
— yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
— naqshli rastr;
— har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
— maxsus qogʻozlar;
— oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.

‎‎Oʻzbekiston
‎‎Respublikasi ‎
‎‎gerbi ‎

Oʼzbekiston Respublikasi ‎


‎Qayta tayyorlash
‎haqida ‎


‎DIPLOM ‎

QT № 000000‎

‎‎____________________________________________________________________________‎

(Pedagogning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

‎‎200___ yil ___________________________________ dan 200____________________ gacha

__________________________________________________________________________ da‎‎‎

(Qayta tayyorlash taʼlim muassasasining nomi)‎‎‎‎‎

____________________________________________________________ soatga moʼljallangan ‎‎‎

‎‎____________________________________________________________________________

‎‎(Qayta tayyorlash kursining nomi)‎

‎‎qayta tayyorlsh kursida taʼlim olib, _________________________________________________‎

‎‎___________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya‎

‎‎komissiyasida __________________________________________ bahoga himoya qildi va unga ‎

‎‎_________________________________________________________________ huquqi berildi‎

‎‎‎‎Muhr oʼrni‎

Rektor ___________‎

Sana ____________ ‎

‎Qayd raqami __________

Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-fevraldagi 25-son qaroriga
3-ILOVA
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi
Sertifikat
(tavsifi)
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
— bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
— yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
— naqshli rastr;
— har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
— maxsus qogʻozlar;
— oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.

‎‎Oʻzbekiston ‎
‎‎Respublikasi ‎ ‎
‎gerbi ‎‎‎ ‎

Oʼzbekiston Respublikasi ‎‎‎


‎‎‎Malaka oshirish
‎ haqida ‎


‎SERTIFIKAT ‎‎‎

MO № 000000 ‎


‎‎‎____________________________________________________________________________

(Pedagogning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎‎

_______‎‎200___ yil _________________________ dan 200________________________ gacha ‎

_________________________________________________________________________ da‎‎‎

‎‎(Malaka oshirish taʼlim muassasasining nomi)‎

‎‎jami ___________________________________________________________________ soatli‎‎

___‎‎_________________________________________________________________________‎

(Malaka oshirish kursining nomi)‎‎‎

boʼyicha malakasini oshirdi.


‎Muhr oʼrni‎

Rektor ______________‎

Sana _______________ ‎

Qayd raqami ________

Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-fevraldagi 25-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan 2010-yilgacha boʻlgan davrda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturida:
1) III boʻlimning ikkinchi kichik boʻlimida:
beshinchi xatboshidagi “malakasi 3 yilda bir marta oshiriladi” soʻzlari “malakasini oshirish davriyligi ushbu muassasalar ehtiyojiga qarab belgilanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 6-bandining yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 39-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2012-y., 33-34-son, 390-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 09/19/473/3258-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)