Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirish, uning o‘quv-metodik va axborot ta’minotini mustahkamlash, respublika ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
1. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplom va ularning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunalari 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi har yili qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari o‘quv-metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat talablariga muvofiqligining tezkor diagnostikasini amalga oshirsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 2006—2009-yillarda ta’limning maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar turlari uchun pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning maqsadli dasturini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qaroriga 2-ILOVA
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi
Diplom
(tavsifi)
Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” so‘zlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Diplom:
— bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
— yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
— naqshli rastr;
— har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
— maxsus qog‘ozlar;
— o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.
qayta tayyorlsh kursida ta’lim olib, _________________________________________________
___________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya
komissiyasida __________________________________________ bahoga himoya qildi va unga
_________________________________________________________________ huquqi berildi
Muhr o’rni
Rektor ___________
Sana ____________
Qayd raqami __________
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qaroriga 3-ILOVA
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi
Sertifikat
(tavsifi)
Malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
— bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
— yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
— naqshli rastr;
— har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
— maxsus qog‘ozlar;
— o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 6-bandining yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 39-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2012-y., 33-34-son, 390-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 09/19/473/3258-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)