1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON MILLIY TELERADIOKOMPANIYASINING HUDUDIY BOʻLINMALARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–245-son qarorini bajarish yuzasidan va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining (keyingi oʻrinlarda matnda Oʻzbekiston MTRK deb yuritiladi) hududiy boʻlinmalari xodimlari sonini maqbullashtirish, budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston MTRK Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston MTRK viloyatlar teleradiokompaniyalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston MTRKning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish teleradio koʻrsatuvlar va eshittirishlarning tasdiqlangan oʻrtacha sutkalik hajmiga muvofiq Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi orqali amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston MTRKning hududiy boʻlinmalari mehnatga haq toʻlash fondi aniq teleradio mahsulotlar tayyorlash uchun ijodiy xodimlarni muddatli shartnomalar boʻyicha jalb etishga yoʻnaltiriladigan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
3. Oʻzbekiston MTRK va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy boʻlinmalar huzurida Oʻzbekiston MTRKning davlat unitar korxonalari huzurida tashkil etiladigan jamgʻarmalar singari ijodiy jamoani, studiyalar va alohida xodimlarni ragʻbatlantirish va taqdirlash jamgʻarmalari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-fevral,
23-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-fevraldagi 23-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-fevraldagi 23-son qaroriga 2-ilova
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi viloyatlar teleradiokompaniyalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni
T/r
Oʻzbekiston MTRK hududiy boʻlinmalari
Xodimlar soni, kishi
Hammasi
shu jumladan, boshqaruv xodimlari
1
Andijon viloyati teleradiokompaniyasi
68
4
2
Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi
68
4
3
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi
59
4
4
Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi
66
4
5
Namangan viloyati teleradiokompaniyasi
88
5
6
Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi
59
3
7
Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi
69
4
8
Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi
78
7
9
Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi
50
4
10
Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi
92
6
11
Fargʻona viloyati teleradiokompaniyasi
83
4
Jami
780
49
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 38-modda)