1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TABIATDAN MAXSUS FOYDALANGANLIK UChUN TOʻLOVLAR TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasida tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni bosqichma-bosqich joriy etishni taʼminlash, tabiatdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy usullarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ekologiya xavfsizligi masalalari boʻyicha kompleks yondashuvni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari stavkalarini 1,3 baravar indeksatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin hamda ularning miqdorlari 1—4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 35-modda) 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-fevral,
15-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 15-son qaroriga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar hisoblanadi.
Faqat davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar hisoblanmaydilar. Bunda daromadlarning boshqa manbalari boʻyicha ushbu korxonalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydilar”;
“bunda Kkr quyidagi bogʻliqlikda aniqlanadi” soʻzlari “bunda Mn — ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishi massasining amaldagi massasi boʻyicha qabul qilinadi, Kkr quyidagi bogʻliqlikda aniqlanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
jadval quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
T/r
Ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan normativlar (limitlar)dan ortiq boʻlgan (qisqartiruvchi) hajmi (baravar)
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti koʻrsatkichlari (Kkr)
1
1,05 dan 1,059 gacha
2,2
2
1,06 dan 1,1 gacha
2,5
3
1,11 dan 1,2 gacha
3,4
4
1,21 dan 1,3 gacha
4,4
5
1,31 dan 1,5 gacha
6,0
6
1,51 dan 2,0 gacha
8,0
7
2,1 va undan yuqori
10,0
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 34-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda)