toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TABIATDAN MAXSUS FOYDALANGANLIK UChUN TO‘LOVLAR TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasida tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash, tabiatdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy usullarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ekologiya xavfsizligi masalalari bo‘yicha kompleks yondashuvni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari stavkalarini 1,3 baravar indeksatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin hamda ularning miqdorlari 1—4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-4 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 35-modda) 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-fevral,
15-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 6-fevraldagi 15-son qaroriga
5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qaroriga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshi, shuningdek, qarorga 1—4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lovchilar hisoblanadi.
Faqat davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lovchilar hisoblanmaydilar. Bunda daromadlarning boshqa manbalari bo‘yicha ushbu korxonalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlari to‘laydilar”;
“bunda Kkr quyidagi bog‘liqlikda aniqlanadi” so‘zlari “bunda Mn — ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishi massasining amaldagi massasi bo‘yicha qabul qilinadi, Kkr quyidagi bog‘liqlikda aniqlanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
jadval quyidagi tahrirda bayon qilinsin:



‎T/r

Ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan normativlar (limitlar)dan ortiq bo‘lgan (qisqartiruvchi) hajmi (baravar)‎ Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) ko‘paytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari (Kkr)
1‎ 1,05 dan 1,059 gacha‎ 2,2‎
2‎ 1,06 dan 1,1 gacha‎ 2,5‎
3‎ 1,11 dan 1,2 gacha‎ 3,4‎
4‎ 1,21 dan 1,3 gacha‎ 4,4‎
5‎ 1,31 dan 1,5 gacha‎ 6,0‎
6‎ 1,51 dan 2,0 gacha‎ 8,0‎
7‎ 2,1 va undan yuqori‎ 10,0‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 34-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda)