1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ZIYONET” AXBOROT TARMOGʻINI YANADA RIVOJLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ–191-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
“ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarini yaratish, rivojlantirish va jamlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Mamlakat maktablari, akademik litseylari, kollejlari, oliy oʻquv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarni “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash reja-jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Dastur va Reja-jadvalning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
3. Budjet tashkilotlarini Reja-jadvalga muvofiq “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash va aloqa xizmatlari haqini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarning 2006-yilda ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligiga ajratiladigan Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2007—2010-yillarda Davlat budjeti parametrlarida budjet muassasalarini Reja-jadvalga muvofiq “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash va aloqa xizmatlari haqini toʻlash uchun zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 362-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 389-son, 389-modda; 2013-y., 28-son, 362-modda, 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)