Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi belgilangan tartibda tugatilsin.
2. Atamashunoslikka oid ishlarni tartibga solishni muvofiqlashtirish va ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi “Davlat tili haqida”gi
Qonunni joriy etish komissiyasi zimmasiga yuklansin.
3. Atamashunoslik qoʻmitasining faoliyatini tugatish komissiyasi tarkibi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
Komissiyaga bir oy muddatda Atamashunoslik qoʻmitasining tugatilishi bilan bogʻliq masalalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish va hal etish vazifasi topshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Atamashunoslik qoʻmitasini tugatish komissiyasi faoliyati yakuniga qadar qoʻmitani tugatish bilan bogʻliq qonunda belgilangan xarajatlarni moliyalashtirishni taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasining tugatilayotganligi munosabati bilan boʻshayotgan xodimlarni belgilangan tartibda ish joyi bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 26-dekabrdagi 405-r-son farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 119-f-son va 1994-yil 26-avgustdagi 334-f-son farmoyishlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.