1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
2. Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda Komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish huquqiga mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning 7-bandidagi “va muhandislik-geodeziya” soʻzlari “(muhandislik-geodeziya ishlaridan tashqari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 14-noyabr,
510-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qaroriga 1-ILOVA
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan geodeziya va kartografiya ishlari turlari litsenziyalanishi kerak.
3. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi deb yuritiladi) Komissiyaning hujjatlarni qabul qilishni, litsenziyalar berishni, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishni, litsenziya bitimi tuzishni va uning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi hisoblanadi.
4. Yuridik shaxslar litsenziya talabgori boʻlishlari mumkin.
5. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya 5 yildan kam muddatga faqat litsenziya talabgorining arizasiga koʻra berilishi mumkin.
7. Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga (ayrim ish turlariga) berilishi mumkin.
II. Litsenziya talablari va shartlari
8. Quyidagilar geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
litsenziat tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish boʻyicha normativ-texnik hujjatlarga rioya etilishi;
litsenziat shtatida litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan kamida bir xodim boʻlishi;
belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan moddiy-texnik bazaning, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalarining, boshqa texnik vositalarning mavjud boʻlishi;
geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishni tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjud boʻlishi;
litsenziat tomonidan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjud boʻlishi.
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab oʻtilgan litsenziya talablari va shartlaridan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
10. Geodeziya yoki kartografiya faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarga talablar “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadi va Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (yoxud uning qismi) va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziyalanadigan ish turlarini bajaradigan mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (soni, maʼlumoti, mutaxassislik boʻyicha ish staji);
texnika bilan jihozlanganlik va litsenziyalanadigan ishlarni amalga oshirishga doir normativ-texnik hujjatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
geodeziya, kartografiya priborlari va asbob-uskunalarining metrologiya jihatidan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning nusxalari;
litsenziyalanadigan ishlarni nazorat qilish va ularni qabul qilib olishning tashkil etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkaziladi.
14. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilib olinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
15. Litsenziya berish haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
16. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
17. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
IV. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
18. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ariza va litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab oʻttiz kunni tashkil etadi.
19. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi tegishli qaror protokoli loyihasini tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etadi.
Komissiya “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining taklifi olingandan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Zarur hollarda “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi joylarga borib litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi imkoniyatini oʻrganish huquqiga egadir.
20. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
21. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi litsenziya bitimi “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organning nazorat qilishi tartibi;
geodeziya va kartografiya faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga tegishli boʻlgan boshqa shartlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi uchun bir nusxadan tuziladi.
22. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari namunalari “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
Litsenziyalar “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
23. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
24. Agar litsenziat litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
25. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining mansabdor shaxsi xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
26. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida, rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
27. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda qayta koʻrib chiqiladi.
Bunda “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin uch kun mobaynida ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritadi.
Komissiya “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining taklifi olingandan keyin yetti kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
28. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishga majbur.
29. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
30. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
31. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Dublikatlar berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
33. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda:
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziatdan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
tekshirish natijalari asosida litsenziya talablari va shartlari buzilishining aniq hollarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritadi.
Davlat nazorat va tekshirish organlari, shuningdek davlat hokimiyatining boshqa organlari litsenziya talablari va shartlarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, oʻz vakolatlari doirasida, aniqlangan buzilishlar va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga maʼlum qilishlari shart.
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
35. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi
36. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi
37. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi
VIII. Litsenziyalar reyestri
38. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtkazish sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami), pochta manzili, telefon va faks raqamlari, elektron pochta manzilini oʻz ichiga oluvchi litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
litsenziat tomonidan bajariladigan ishlar koʻrsatilgan holda faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi.
40. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma soʻrovga koʻra hamda soʻrov haqi toʻlangani toʻgʻrisidagi hujjat koʻrsatilganda muayyan litsenziatlar toʻgʻrisida reyestrdan koʻchirma tarzida uch kun muddatda beriladi.
41. Litsenziyalar reyestridan bir litsenziat toʻgʻrisida maʼlumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida toʻlov undiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar tekin beriladi.
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100000, 1:200000, 1:500000, 1:1000000 masshtabi topografiya rejalari va xaritalarini tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotnoma xaritalari hamda tarmoqlararo ahamiyatga ega boʻlgan boshqa mavzuli xaritalar va atlaslar, oʻquv kartografiya qoʻllanmalari tuzish va nashr etish;
davlat ahamiyatiga ega boʻlgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.
2. Maxsus ahamiyatga ega boʻlgan ishlar:
a) geodeziya ishlari:
maxsus ahamiyatga ega boʻlgan geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish;
1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus suratga olishlar;
har xil inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda muhandislik-geodeziya ishlari;
erlarni chegaralashda, davlat kadastrlarini yuritishda, geologiya, marksheyder ishlari va boshqa ishlarda geodeziya va topografiya ishlari;
muhandislik izlanishlari va boshqa izlanishlarda geodeziya va topografiya ishlari.
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:200, 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus rejalar hamda xaritalar tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda maxsus ahamiyatga ega boʻlgan mavzuli xaritalar va atlaslar tuzish va nashr etish;
maxsus ahamiyatga ega boʻlgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash faoliyatini litsenziyalash