1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
2.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
3.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat oʻrmon kadastri]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq davlat kadastrlarining shakllantirilishi va yuritilishi haqida 2006 va 2007-yillar iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga va Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-noyabr,
250-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat oʻrmon kadastri]
1. Davlat oʻrmon kadastri “Oʻrmon toʻgʻrisida”, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
2. Davlat oʻrmon kadastri — bu Davlat oʻrmon kadastri obyektlari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat oʻrmon kadastri]
3. Davlat oʻrmon kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va oʻrmonlarning himoyalanganlik toifasini aniqlash maqsadida, oʻrmonlardan oqilona foydalanishni, qoʻriqlashni, muhofaza qilishni va qayta tiklashni tashkil etish, davlat oʻrmon fondi yerlari tuzilmasida roʻy beradigan oʻzgarishlar hujjatlarini yuritish va nazorat qilishning yagona tartibini belgilash uchun yuritiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.02 Oʻrmon fondining davlat hisobi]
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha oʻrmonlar Davlat oʻrmon kadastrining obyektlari hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi deb yuritiladi) Davlat oʻrmon kadastrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
6. Davlat oʻrmon kadastri oʻrmon munosabatlarini tartibga solish, oʻrmonlarni qoʻriqlash, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni tashkil etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni oʻrmonlar toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat oʻrmon kadastri]
7. Quyidagilar Davlat oʻrmon kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha oʻrmonlarni toʻliq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qoʻllanish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
oʻrmonlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.02 Oʻrmon fondining davlat hisobi]
8. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish Davlat oʻrmon kadastri obyektlarini taksatsiyalash, hisobga olish, baholashni oʻtkazish bilan taʼminlanadi hamda Davlat yer kadastri va Davlat binolar va inshootlar kadastri axborotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
9. Davlat oʻrmon kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vakolatli organlar tomonidan, koʻchmas mulkka huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
10. Davlat yer kadastridan Davlat oʻrmon kadastriga beriladigan Davlat oʻrmon kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari toʻgʻrisidagi yer-kadastr axborotlarida yerlarning maqsadli foydalanilishi boʻyicha tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va zoʻriqtirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), yerlarning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
11. Binolar va inshootlar davlat kadastridan Davlat oʻrmon kadastriga beriladigan Davlat oʻrmon kadastri obyektlariga taalluqli binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat oʻrmon kadastri]
12. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
13. Davlat oʻrmon kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
14. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Davlat oʻrmon kadastrini yuritishni tashkil etish
15. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish Davlat oʻrmon kadastri boʻlimi va Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi hududiy boʻlinmalari (oʻrmon xoʻjaliklari) tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat oʻrmon kadastrini yuritishni metodik taʼminlash Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, maʼlumotlar bazasining toʻgʻri toʻldirilishini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat jihatidan holati, iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi joriy oʻzgarishlarni toʻplaydi va tizimlashtiradi;
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadi, tizimlashtirish va Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun maʼlumotlar bazasini toʻldiradi;
Davlat oʻrmon kadastri yangi obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini toʻplaydi;
kadastr xodimlarini Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga oʻqitishni tashkil qiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
Davlat oʻrmon kadastri yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berishni amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili, belgilangan tartibda taqdim etadi.
18. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatadigan Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining mulkdorlari, shuningdek boshqa huquqlar egalari Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining vakolatli boʻlimiga Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishi shart.
19. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining barcha turlarini roʻyxatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga olishni, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni oʻz ichiga oladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat oʻrmon kadastri]
20. Davlat oʻrmon kadastri obyektlari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
21. Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat oʻrmon kadastri]
22. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Davlat oʻrmon kadastrining har bir obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarida kelgusida roʻy beradigan oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.02 Oʻrmon fondining davlat hisobi]
23. Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va ekologik belgilari boʻyicha tasnifini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi Davlat oʻrmon kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjati rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
24. Davlat oʻrmon kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyekt qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25. Davlat oʻrmon kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarining Davlat oʻrmon kadastrini yuritishni amalga oshiruvchi rahbarlari javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
1. Davlat shaharsozlik kadastri Shaharsozlik kodeksiga, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. Davlat shaharsozlik kadastri — bu Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
3. Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va aholi punktlari hamda qishloqlar oʻrtasidagi hududlarni rivojlantirishni, hududlarni rivojlantirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya qilish asosida hayot faoliyatining qulay sohasini, muhandislik, transport va ijtimoiy infrotuzilma tizimlari faoliyatini maqbullashtirishni axborotlar bilan taʼminlash maqsadida yuritiladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
4. Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududi va hududining qismlari, aholi punktlari hududlari va hududlarining qismlari, aholi joylashishining umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft komplekslari, rekreatsion zonalar va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari va ularning muhofaza zonalari, akvatoriylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari Davlat shaharsozlik kadastrining obyektlari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Shaharsozlik faoliyati deyilganda davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish sohasidagi faoliyati, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, fuqarolarning, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish tushuniladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb yuritiladi) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
6. Davlat shaharsozlik kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
7. Quyidagilar Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini toʻliq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qoʻllanish;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
8. Hududlardan amalda foydalanilishi, foydalanish shartlari, shaharsozlik boyliklari va hududda amal qiladigan shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar Davlat shaharsozlik kadastrining asosini tashkil qiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
Shaharsozlik reglamenti deyilganda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalaridan hamda aholi punktlari va qishloqlar oʻrtasidagi hududlarning koʻchmas mulki boshqa obyektlaridan foydalanish parametrlari va turlari yigʻindisi tushuniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
Davlat shaharsozlik kadastri quyidagilardan iborat boʻladi:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
hududlarning, koʻchmas mulk, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining aniq manzilli reyestrlari;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
hududlarni rivojlantirish va qurish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi maʼlumotlar;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
hududlarni qurish hamda shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanish boʻyicha shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
loyihalar, shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
9. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi boʻlinmalari, loyihalashtirish tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda tekin berishni nazarda tutadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
10. Kadastr hujjatlari Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi huquqiy, iqtisodiy, texnik va rejalashtirish maʼlumotlarining boshlangʻich manbai sifatida qabul qilinadi va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda barcha davlat boshqaruvi organlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga ega boʻladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
10-1. Kadastr obyekti — shaharsozlik maʼlumotnomasi, obyektning shaharsozlik pasporti, kadastr daftari, kadastr obyektlarining holati toʻgʻrisidagi hisobotlarga mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
Shaharsozlik maʼlumotnomasi manfaatdor shaxslarning soʻroviga muvofiq taqdim etiladi, davlat shaharsozlik kadastri obyektining holati toʻgʻrisidagi hisobotdan shakllantiriladi, unda obyektning miqdor va/yoki sifat holati, bahosi, obyekt joylashgan joy tasvirlangan xarita (tarxlar), uning chegaralari, muhofaza zonalari, hududda oʻrnatilgan shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
Obyektning shaharsozlik pasporti shaharsozlik faoliyati obyekti yaratilganligini (tiklanganligini), hududi va alohida obyekt holati oʻzgartirilganligini yoki foydalanilganligi hollarini tasdiqlaydi, unda kadastr obyektiga huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratga olish va texnik xatlovdan oʻtkazish, maxsus tekshirishlar va tadqiqotlar, kadastr obyektini sifat va miqdor jihatidan baholash hujjatlari va materiallari boʻladi.
(10-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
11. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining axborot bazasi grafik va yozma matnlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining elektron manbalardagi axborot bazasi Avtomatlashtirilgan geoaxborot qidiruv tizimi sifatida shakllantiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi davlat axborot resursi hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
11-1. Davlat shaharsozlik kadastridan maʼlumotlar berish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(11-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
12. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
13. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishni tashkil etish
14. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar (keyingi oʻrinlarda Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
“Oʻzbekiston qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti” davlat unitar korxonasi (“OʻzGASHKLITI” DUK, keyingi oʻrinlarda bosh tashkilot deb ataladi) Davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va texnik siyosatni yuritish boʻyicha “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining vakolatli tashkiloti hisoblanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi joriy etilishini va faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tarkibini ishlab chiqadi, ularni Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalarga beradi, maʼlumotlar bazasi toʻgʻri toʻldirilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar xodimlarini Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimida ishlashga oʻqitilishini tashkil etadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini turkumlashtiradi va ularni Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritadi;
Davlat shaharsozlik kadastrining yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlari toʻplanishini nazorat qiladi;
kadastr maʼlumotlarini DKYATga tezkorlik bilan beradi;
har yili belgilangan tartibda DKYATga Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yaratish va yuritish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
17. Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi vakolatli boʻlinmalar:
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat holati toʻgʻrisidagi joriy oʻzgarishlarni toʻplaydilar va turkumlashtiradilar;
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining kadastr kitoblarini yuritadilar, oʻz vakolatlari doirasida oʻz maʼlumotlar bazasini yuritadilar hamda ularni turkumlashtirish va Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritish uchun “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining bosh tashkilotiga beradilar;
III. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi
18. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari barcha turlarini roʻyxatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga olishni, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni oʻz ichiga oladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
Roʻyxatga olinadigan Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi axborotlar integratsiyalashgan bloklarga ajratiladi, ular quyidagi kichik tizimlardan iborat boʻladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
Shaharsozlik reglamentlari;
Shaharsozlik hujjatlari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Shaharsozlik faoliyati monitoringi;
Bazis asos (muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi);
Manzillar reyestri;
Loyihalar reyestri;
Shaharsozlik faoliyati obyektlari reyestri;
Shaharsozlik faoliyati subyektlari reyestri;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Normativ-huquqiy va metodik baza.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
20. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
21. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Davlat shaharsozlik kadastrining hisobga qoʻyish vaqtida belgilangan tartibda tasdiqlangan har bir obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining tavsiflarida kelgusida boʻladigan oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
22. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, shaharsozlik va ekologik belgilari boʻyicha tasnifini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritiladi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyektning qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22-1. Davlat shaharsozlik kadastri tarkibida muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi yuritiladi, u Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini geografik (kartografik) taʼminlash manbai hisoblanadi. Muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda yuritiladi.
Muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi:
Topografik tarxlar va barcha turdagi va masshtabdagi (1:100 dan 1:100000 gacha) xaritalardan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
loyihalashtirish, qurish, yer osti va yer usti obyektlarini, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini ishlatish masalalarini hal etish uchun muhandislik-geologiya, gidrogeologiya, geofizika va boshqa qidiruv va tadqiqot materiallaridan;
muhandislik infratuzilmalari va transport tarmoqlarining navbatchi rejalaridan;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
qizil chiziqlar va qurilishni tartibga solish chiziqlari boʻyicha maʼlumotlar bazasidan iborat boʻladi.
(22-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
23. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat shaharsozlik kadastri yurituvchi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi vakolatli tashkilotlarining va hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli boʻlinmalarining rahbarlari javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga 3-ILOVA
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
1. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri “Chiqindilar toʻgʻrisida”, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qaroribilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
2. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri — bu chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, ishlash, saqlash va tahlil qilishni taʼminlash maqsadida yuritiladi.
4. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish uchun maxsus ajratilgan va uskunalangan joylar: sanoat yoki maishiy chiqindilar poligonlari; xavfli chiqindilarni koʻmish joylari; chiqindixonalar, kul-shlak tashlash joylari, foydalanib boʻlingandan keyin koʻmib tashlanadigan shlam toʻplash joylari Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi deb yuritiladi) Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
6. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
7. Quyidagilar Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yurtitishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Oʻzbekiston Respublikasi butun hududidagi chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarini toʻliq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qoʻllanish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
barcha obyektlar boʻyicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
8. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarini xatlovdan oʻtkazish, hisobga olish, baholash yoʻli bilan taʼminlanadi va Davlat yer kadastri hamda Binolar va inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy ravishda foydalanishni nazarda tutadi.
9. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlariga taalluqli boʻlgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vakolatli organlar tomonidan, koʻchmas mulkka huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]
10. Davlat yer kadastridan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari toʻgʻrisidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi boʻyicha yerlarning tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda belgilangan servitutlardagi mavjud cheklashlar va zoʻriqishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), yerlarning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
11. Binolar va inshootlar davlat kadastridan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlariga taalluqli binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
12. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
13. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
14. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni tashkil etish
15. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining quyidagi tarkibiy boʻlinmalari:
respublika darajasida — Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Yer-suv resurslari bosh boshqarmasi;
hududiy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari tomonidan amalga oshiriladi.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni metodik taʼminlash Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
maʼlumotlar bazalari tuzilmasini ishlab chiqadi, ularni Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalariga berishni amalga oshiradi, maʼlumotlar bazasining toʻgʻri toʻldirilishini nazorat qiladi;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy oʻzgarishlar, ularning atrof muhitga, iqtisodiy bahosiga taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydilar;
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadilar, maʼlumotlar bazasini toʻldiradilar va ularni tizimlashtirish va Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritish uchun Yer-suv resurslari bosh boshqarmasiga beradilar;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri yangi obyektlarini hisobga qoʻyadilar, shuningdek ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini toʻplaydilar.
19. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek boshqa huquqlar egalari Yer-suv resurslari bosh boshqarmasiga kadastr obyektlarining jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishi shart.
III. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi
20. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlarini roʻyxatga olishni, obyektlarning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni oʻz ichiga oladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
21. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
22. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
23. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilishning hisobga qoʻyish vaqtida foydalanishga topshirilgan va faoliyat koʻrsatayotgan har qaysi joyi boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish tavsiflarida kelgusida roʻy beradigan oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
24. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va ekologik belgilari boʻyicha tasnifini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Hisobga olish axboroti kadastr daftariga yoziladi va Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
25. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarini iqtisodiy baholash chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har bir joyning holatini, qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga 4-ILOVA
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
1. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri — bu Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi toʻgʻrisidagi kartografiya-geodeziya maʼlumotlari, bajariladigan geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan ularning miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
3. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
4. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini hisobga olish obyektlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarining barcha masshtablardagi topografik xaritalari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.08.00 Aholi punktlarining bosh rejalari]
Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari, shaharchalari va qishloq aholi punktlarining topografik rejalari;
Oʻzbekiston Respublikasining raqamli elektron xaritalari;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat geodeziya tarmoqlari punktlari va reperlari;
yer uchastkalari chegaralarini belgilovchi chegara tarmoqlari punktlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
geodeziya punktlari, reperlari, chegara belgilari koordinatlari va balandliklari kataloglari;
geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajarish vaqti, ularning bajaruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning qiymati.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi deb yuritiladi) Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
6. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kartografiya-geodeziya axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
7. Quyidagilar Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududini toʻliq qamrab olish;
kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
9. Kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishni tashkil etish
10. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining idoraviy mansub tashkiloti — Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlarining ijrochisi hisoblanadi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlikni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi amalga oshiradi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishni metodik taʼminlash “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarining Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarini shakllantirish va taqdim etish formatlarini ishlab chiqadi, ularning sifatini nazorat qiladi;
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini shakllantirishni va uning faoliyatini taʼminlaydi;
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, maʼlumotlar bazasining toʻgʻri toʻldirilishini nazorat qiladi;
hisobga olish va baholash kadastr axborotlarini tizimlashtiradi, shakllantiradi va ularni Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
kadastr axborotlariga boʻlgan talabni muntazam ravishda oʻrganadi, kadastrni yuritish texnologiyasini takomillashtirishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududining kartografiya-geodeziya jihatidan oʻrganilganligi monitoringini yuritadi;
kadastr maʼlumotlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etadi, ulardan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi;
kadastr axborotlarini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni taʼminlaydi;
tizimlashtirilgan kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi.
III. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
12. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
13. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish quyidagilardan iborat boʻladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarini tizimlashtirish, kadastr axborotlarini saqlash va yangilash;
roʻyxatga olish va iqtisodiy baholash, reyestr daftarlarini yuritish;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
14. Geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarining roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hamda iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
15. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritiladi, ularni yaratish uchun birinchi marta geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari amalga oshiriladi, shuningdek ilgari yaratilgan obyektlar toʻgʻrisidagi yangilangan maʼlumotlar yoziladi. Bunda shuningdek ilgari yoʻqolgan va qayta tiklangan geodeziya belgilari va reperlari, ishlarning bajaruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularni bajarish muddatlari va qiymati ham yoziladi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har qaysi obyekt uchun pasport tuziladi.
16. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarini hisobga olish xaritalar nomenklaturasi boʻyicha, davlat geodeziya tarmoqlari klasslari va turlari boʻyicha, shu jumladan maʼmuriy-hududiy boʻlinish boʻyicha hamda aholi punktlari boʻyicha alohida amalga oshiriladi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlarini ishlab chiqadi.
Hujjatli rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari reyestr daftariga yoziladi va Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritiladi.
17. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasining Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish zimmasiga yuklangan rahbari javob beradi.