Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
oʻzbekiston respublikasi davlat soliq qoʻmitasining
IShLAB ChIQARILADIGAN VA REALIZATSIYA QILINADIGAN TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR) BOʻYIChA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23, 24-son, 168-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 7-martdagi 43 va 2003-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Yoʻriqnomaga (2003-yil 29-aprel, roʻyxat raqami 1238. Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil 7, 8-son, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 11-son, 131-modda; 40, 41-son, 442-modda) ilovaga
* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.