Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirishga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-1995-yillarda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilashda ijtimoiy maqsadlardagi obyektlar, gaz va suv taʼminoti, sogʻliqni saqlash obyektlari, avariya holatidagi maktablar oʻrniga yangilarini qurish hamda yangi yerlarni oʻzlashtirish uchun zarur sarmoya mablagʻlari ajratishni nazarda tutsinlar (1 va 2-ilovalar).
*2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Oʻzsanoatqurilishbanki” va “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” bilan birgalikda yuqorida qayd qilingan obyektlar qurilishiga 1994-1995-yillar uchun 2,0 mlrd soʻm imtiyozli 5 foizli kredit ajratsin.
3. Jizzax viloyati hokimi A.X. Toshkenboyev 2-ilovada nazarda tutilgan obyektlar qurilishi uchun mablagʻlapni mahalliy budjetdan qidirib topsin hamda korxonalar va tashkilotlarning oʻz mablagʻlarini jalb etishni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.